date

Evro – 2016: 6 milliard tomoshabin, milliard daromadlar va ularning egalari

Evro – 2016: 6 milliard tomoshabin, milliard daromadlar va ularning egalari

Kecha, Evro-2016 musobaqasi nixoyasiga etdi va unda Portugaliya Fransiya ustidan 1:0 hisobida g‘olib bo‘ldi. "DiydorAziz" sayti esa Evro-2016 musobaqasi haqida qiziqarli ma’lumotlarni to‘pladi.

DAROMAD

Evro-2016 umumiy 1.93 milliard daromad keltirdi. Bu 2012 yilga nisbatan 34 foizga ko‘proqdir.

1 millard evrodan ortiq daromad televideniedan tushgan, 480 million evro xomiylar tomonidan, chiptalar sotuvidan kelgan daromad esa 400 million evroni tashkil etgan.

Sof foyda 830 million evro deb topildi. Foydaning 230 million evro miqdorini UEFA tashkiloti o‘zlashtirgan, qolgan 600 million qismi boshqa milliy assosasiyalarga tarqatilishi ko‘zlangan.

MUXLISLAR

Evro-2016 chempionatini 6 millard odam tomosha qildi.

O‘rta xisobda har bir matchni 130 million nafar kishi tomosha qilgan.

Ilk match 200 million tomoshabin to‘plagan .

Final uchrashuvini 300 million nafar kishi kuzatgan.

Angliya – Islandiya uchrashuvini Islandiyaning 99.8 foiz axolisi tomosha qilgan. Faqatgina 298 nafar kishi boshqa kanalni tomosha qilgan.

Fan-klublarda eng ko‘p muxlis to‘plagan uchrashuv Fransiya – Germaniya matchi bo‘ldi.

ShUNINGDEK

20 000 ta chipta 8-16 yoshgacha bo‘lgan imkoniyati cheklangan bolalarga tekinga tarqatilgan.

Shu yilning yanvar oyidan boshlab futbolchilarda 1878 ta doping tahlili o‘tkazilgan.

135 mamlakatdan kelgan 650 nafar volonterlar tashkilotchilarga yordam bergan, ularning 75 foizi Fransiya fuqoroloridan iborat edi.

Final uchrashuvini translyasiya qilish uchun 51ta kamera ishlatilgan. Ulardan iktasi vertolyotda va motosiklda o‘yinni tasvirga olgan.

100 000 nafar kishi turnirni tashkillashtirishda qatnashgan.

Chempionat yopilishi marosimida 250 nafar musiqachi va 480 nafar tashkilotchilar qatnashgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Evro – 2016: 6 milliard tomoshabin, milliard daromadlar va ularning egalari