23:51 / 26.08.2023
235

Ivan Boshkovich: "Raqib - chemionlik uchun da’vogarlardan biri, biroq biz ularning kuchsiz tomonlarini bilardik"

Ivan Boshkovich: "Raqib - chemionlik uchun da’vogarlardan biri, biroq biz ularning kuchsiz tomonlarini bilardik"

"So‘g‘diyona" - "Navbahor" uchrashuvidan (2:1) so‘ng mezbon jamoa ustozi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Ivan Boshkovich: "Bu bahsga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. Raqib - chemionlik uchun da’vogarlardan biri, biroq biz ularning kuchsiz tomonlarini bilardik. 30-daqiqadan so‘ng ikkita o‘zgarish qilib, 2 nafar hujumchi bilan o‘ynay boshladik. To‘p bilan ikkinchi qavatda o‘ynashga harakat qildik. Raqib hisobni tenglashtirdi, taktikada ba’zi o‘zgarishlar qildik. Futbolchilar ko‘rsatmalarni bajarib, pas orqali o‘ynay boshlashdi. Raqibga aynan shu yo‘l bilan muammo tug‘dirdik. Oxirigacha harakat qildik va maqsadimizga yetishdik. Doriyev juda muhim golni urdi. Afsuski 2ta sariq kartochka olib, maydonni tark etdi. Asosiysi - natijaga erishdik. Keyingi bahslarga tayyorgarlik ko‘ramiz.

Bugun stadionga tashrif buyurgan muxlislarga rahmat aytamiz. Kelasi bahsdan bundan ham ko‘p ishqiboz bo‘ladi deb umid qilaman. Keyingi uchrashuvda ham Chempionlar ligasida o‘ynaydigan raqibga ("Paxtakor") qarshi maydonga tushamiz. Umid qilamanki, ular yaxshi o‘yinlar va ijobiy natijalar guvohi bo‘lishadi".

- "Navbahor"ga qarshi bahsga tayyorgarlik haqida aytib o‘tsangiz.

- Biz bu o‘yinga 15 kun tayyorgalik ko‘rdik. Ular OCHLda o‘ynashdi, keyin uzoq yo‘l va bu o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu jabhada omadimiz keldi. Yigitlar ham ko‘rsatmalarga rioya qilishdi. Bugun g‘alabaga munosib edik.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ivan Boshkovich: "Raqib - chemionlik uchun da’vogarlardan biri, biroq biz ularning kuchsiz tomonlarini bilardik"