19:34 / 27.08.2023
485

Legionerlarimiz oldiga boshqa klubga o‘tib, daromad keltirish vazifasi qo‘yildi

Legionerlarimiz oldiga boshqa klubga o‘tib, daromad keltirish vazifasi qo‘yildi

Rossiya Premer-ligasida ikki mavsumdan beri ishtirok etib kelayotgan “Pari Nijniy Novgorod” o‘zbekistonlik muxlislar ishqibozlik qilayotgan jamoalardan hisoblanadi.

Sababi bu klubda ikki nafar legionerimiz – Ibrohimxalil Yo‘ldoshev va Ruslanbek Jiyanov faoliyat yuritmoqda.

Umuman olganda, bu klub tarkib jihatidan ham ancha kamtarligini ta’kidlash joiz. Premer-liga qaydnomasiga nomi kiritilgan jami 29 nafar futbolchidan atigi yettitasi legioner maqomiga ega. Yanada aniqroq aytsak, O‘zbekistondan ikkita, Argentina, Bolgariya, Mali, Gvineya-Bisau hamda Nigeriyadan bir nafardan o‘yinchi bor.

O‘z mamlakatlari terma jamoalariga jalb qilinayotgan futbolchilar soni yanada kam. Jami to‘rt nafar. Shulardan ikkitasi O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod bo‘lgan himoyachi Ibrohimxalil Yo‘ldoshev va hujumchi Ruslanbek Jiyanovdir.

Yo‘ldoshev uch yildan beri termamiz a’zosi hisoblanadi va 17 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ygan.

Jiyanov esa, asosan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat terma jamoamizning asosiy o‘yinchilaridan. Shunga qaramay, yosh hujumchi bir yil muqaddam milliy jamoada ham debyutini ninonladi.

“Nijniy Novgorod”ning bolgariyalik chap qanot himoyachisi Mateo Stamatov o‘z yurtining bosh jamoasiga jalb qilinayotgan bo‘lsa-da, hali debyutini nishonlamadi.

Markaziy hujumchi Ze Turbo  Gvineya-Bisau terma jamoasida bir marotaba tushgan xolos. Shu bois, bu futbolchilarning xalqaro tajribasini katta, deb bo‘lmaydi.

“Pari Nijniy Novgorod” klubi direktorlar kengashi raisi Dmitriy Kondratov joriy mavsumda jamoa oldiga qo‘yilgan vazifalar nimalardan iborat ekanini ma’lum qildi.

- O‘tgan mavsumda jamoamizning asosiy vazifasi imkoniyat boricha musobaqa jadvalida yuqoriga intilish bo‘lgan edi. Bu gal aniq maqsad bor – kuchli o‘nlikka kirish shart.

Murabbiylar shtabi oldida futbolchilarni rivojlantirish vazifasi ham turibdi. O‘yinchilarimiz boshqa klublarga o‘tib, jamoamiz g‘aznasiga daromad keltirishiga umid qilamiz. Masalan, Agapov SSKAga o‘tganidek, - dedi klub rahbari.

Ta’kidlash joizki, anchadan beri Ibrohimxalil Yo‘ldoshev Moskvaning “Spartak” jamoasini qiziqtirib kelayotgani haqida xabarlar tarqatiladi. Biroq, ish hali aniq takliflarga yetib borgani yo‘q.

22 yoshli Yo‘ldoshev Rossiya chempionatida 2021 yil yozidan to‘p tepib kelmoqda. “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi legioner sifatida jami Rossiya Premer-ligasida 49 ta uchrashuvda uchtadan gol va assist rasmiylashtirgan.

Uning jamoadagi hamyurti Ruslanbek Jiyanov esa, transfer 2023 yilning fevralida amalga oshirilgan bo‘lsa-da, “Pari Nijniy Novgorod”ga yangi mavsum oldidan qo‘shildi.

22 yoshli iste’dodli hujumkor futbolchimiz Rossiya kubogida bitta uchrashuvda maydonga tushdi. Jiyanov hali Premer-liga o‘yinlariga jalb qilingani yo‘q.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Legionerlarimiz oldiga boshqa klubga o‘tib, daromad keltirish vazifasi qo‘yildi