08:30 / 28.08.2023
281

Klopp bu murabbiyni qatorasiga 11 marta tiz cho‘ktirdi

Klopp bu murabbiyni qatorasiga 11 marta tiz cho‘ktirdi

Angliya Premer-ligasinda uchinchi turning markaziy uchrashuvlaridan biri “Nyukasl” va “Liverpul” o‘rtasida bo‘ldi.

O‘yin “Nyukasl” uchun juda omadli boshlandi. Entoni Gordon 25-daqiqada hisobni ochdi. Oradan uch daqiqa o‘tib, raqiblarning asosiy himoyachisi Virjil van Deyk qizil kartochka olib maydondan haydaldi.

Bir soat ko‘p o‘yinchi bilan o‘ynagan “qarg‘alar” tayyor g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Yurgen Klopp taktik o‘zgarishlar qilib, 77-daqiqada Darvin Nunesni maydonga tashladi.  Aynan mana shu futbolchi ikki gol urib, “Liverpul”ga g‘alabani tortib olib berdi.

Statistika mutaxassislari bir holatga e’tibor qaratdi. Unga ko‘ra, Yurgen Klopp “Nyukasl” murabbiyi Eddi Xauni Premer-liga o‘yinlarida ketma-ket 11 marotaba mag‘lub qildi.

Bu ko‘rsatkich Angliya Premer-ligasida rekord hisoblanadi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Klopp bu murabbiyni qatorasiga 11 marta tiz cho‘ktirdi