16:00 / 30.08.2023
231

Xorvatiya Kubogida “Grobnichan” klubi raqib darvozasiga 29 ta gol urdi

Xorvatiya Kubogida “Grobnichan” klubi raqib darvozasiga 29 ta gol urdi

Futbol bo‘yicha Xorvatiya Kubogi 1/32 final bosqichida “Grobnichan” jamoasi 29 avgust, seshanba kuni “Papuk” jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuv “Grobnichan”ning 29:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Ushbu o‘yinda bir nechta milliy rekordlar qayd etildi.

  • Eng ko‘p gol urilgan o‘yinga aylandi — bunga qadar Xorvatiya Kubogi bahslarida “Gay Mache” va “Lika 95” (20:2) o‘yini yetakchilik qilayotgan edi.
  • Bir futbolchi tomonidan eng ko‘p gol urilgan o‘yin — 2013 yilda “Rieka” safida Andrey Kramarich Kubok bahslarida bir o‘yinda 8 ta gol urgandi. “Grobnichan” safida esa Drajen Pilchich 10 ta golga mualliflik qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar “Manchester Siti” 33 yoshli Pilchichni olishi lozimligi haqida hazillar qilmoqda (Holand bir o‘yinda 9 ta gol urgandi).


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xorvatiya Kubogida “Grobnichan” klubi raqib darvozasiga 29 ta gol urdi