02:18 / 31.08.2023
296

Ivan Boshkovich: "Futbol rivoji haqida gapiryapmizmi, bu uchun biroz harakat ham qilaylik"

Ivan Boshkovich: "Futbol rivoji haqida gapiryapmizmi, bu uchun biroz harakat ham qilaylik"

Coca Cola Superliganing 18-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "So‘g‘diyona" uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida qatnashdi.

- O‘yin haqida

- Uchta gol o‘tkazib yuborish har doim yomon, albatta. Ortiqcha gapirmoqchi emasman. 100% aminmanki, biz o‘z darajamizdan pastroq o‘ynadik. Oldingi o‘yinda ko‘proq energiya sarflagan bo‘lishimiz ham mumkin. Ushbu mag‘lubiyatga o‘rganib chiqamiz. Bunday hisobda yutqazish noqulay, ammo oldingi qadam bosish kerak. Biroz dam olamiz va keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishni boshlaymiz.

- "Navbahor" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, "Metallurg"ga qarshi o‘yinga qanday tayyorgarlik ko‘rgandingiz?

- Har bir raqibni chuqur o‘rganib chiqamiz. Ularda qanday kamchilik borligini bilamiz. Bugun birinchi taymda o‘yinimiz chiqmadi. Ikkinchi taymda ham xatolar bo‘ldi. Uchta gol o‘tkazib yuborganimizdan so‘ng o‘yinga qaytish juda qiyin bo‘ldi. Keyin gol ham kiritdik. Hisobni tenglashtirishga esa kech bo‘lgandi.

- Darvozaboningizni o‘yinidan qoniqdingizmi? O‘tkazib yuborilgan gollarda uning aybi bormidi?

- Yutqazayotganda, butun jamoa mag‘lub bo‘ladi. Birinchi o‘rinda murabbiy mag‘lub bo‘ladi. Bunga men javob beraman. U vaziyatlarni yaxshi ko‘ra olmadim. O‘yindan keyin chuqur tahlil o‘tkazamiz. Xatolarni to‘g‘irlaymiz.

- Jamoa bilan shartnomangizni 2026 yilga qadar uzaytirdingiz. Kelajakda qanday jamoa qurishni maqsad qilgansiz?

- Chempionni. Chempionlikka kurashish maqsadim. Jamoam bilan shu maqsadni oldimizga qo‘yganmiz.

  Menda yana bir savol bor. Nega VAR tizimi ishlamasligini o‘yinga 10 soatgina qolganda ma’lum qilishdi? Nega vaqtliroq emas? Bunga sabab texnik muammo deb o‘qidim. U qanaqa texnik muammo bo‘lishi mumkinki, o‘yinga 10 soat qolganda ma’lum bo‘lsa? Futbol rivoji haqida gapiryapmizmi, uning rivoji uchun biroz harakat ham qilaylik. Yo VAR bilan o‘ynaylik, yoki VARsiz. To‘g‘risi, tushunmayapman. Hakamlikni muhokama qilishga esa kech bo‘ladi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ivan Boshkovich: "Futbol rivoji haqida gapiryapmizmi, bu uchun biroz harakat ham qilaylik"