22:49 / 01.09.2023
401

“Kalyari”: Hujumda kim o‘ynasin? Shomurodovni tanlagan muxlislar nima dedi?

“Kalyari”: Hujumda kim o‘ynasin? Shomurodovni tanlagan muxlislar nima dedi?

“Kalyari” bosh murabbiyi Klaudio Raneri yozgi transferlar vaqtida jamoa hujum chizig‘ini o‘zi istagan futbolchilar bilan shakllantirib bo‘ldi.

Tarkibga oxirigi bo‘lib, “Monsa”dan Andrea Petanya olib kelindi. Ayni paytda Sardiniya klubida besh nafar hujumchi – Janluka Lapadula, Zito Luvumbo, Leonardo Pavoletti, Eldor Shomurodov va Andrea Petanya ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Klaudio Raneri odatda 4-4-2 sxemasida o‘ynaydi. “Kalyari” faoliyatini yoritib borayotgan www.calciocasteddu.it sayti jamoa muxlislari orasida so‘rovnoma o‘tkazib, ular hujum chizig‘ida qaysi forvardlar tandemini ko‘rmoqchi ekanini aniqladi.

Klaudio Raneri ixtiyoridagilardan Lapadula, Petanya va Pavoletti yaqqol markaziy hujumchi hisoblanadi va asosan raqib jarima maydonchasi ichida samarali o‘ynashga ixtisoslashgan. Eldor Shomurodov va Zito Luvumbo universal forvardlar toifasiga kiradi va bir necha pozitsiyada o‘ynay oladi.

Bundan tashqari, murabbiylar shtabi hujum tashkil qilishda pleymeykerlar – Gaetanio Oristanio va Marko Mankozu xizmatidan  foydalanishi mumkin.

O‘zbekiston futbol ishqibozlari e’tiboriga ushbu so‘rovnomada Eldor Shomurodovga ovoz bergan italiyalik muxlislarning fikr-mulohazalari havola etiladi.

LAYSKA:

Yuqorida nomi keltirilgan o‘yinchilar orasida uchtasi hozir jarohatini davolatyapti. Eldor Shomurodov va Andrea Petanya hali bir-birining nimalarga qodirligini yaxshi bilmaydi. Lekin Klaudio Raneridek tajribali murabbiy to‘g‘ri tanlov qilishiga ishonamiz. Olg‘a, “Kalyari”!

Facebook foydalanuvchisi:

Ilk daqiqalarda Shomurodov – Petanya juftligi o‘ynasin. Luvumbo ikkinchi bo‘limda maydonga tushirilsin.

Saymon76:

Shanba kunga o‘yinda Petanya va Luvumbo tandemini kutamiz. Mavsum davomida eng kuchli juftlik Lapadula va Petanya bo‘ladi. Agar tez orada Eldor Shomurodovning o‘yini ochilib ketsa, jamoamiz hujumi rang-barang ko‘rinish oladi. Hamma hujumchiga joy yetadi.

Jorj:

Men Lapadula – Luvumbo yoki o‘yin uslubiga qarab Luvumbo – Shomurodov tandemini kutyapman.

Fabritsio:

Lapadula va Luvumbo yoki Luvumboning o‘rniga Shomurodov o‘ynashi tarafdoriman. “Kalyari” har doim olg‘a bos!

Deniyel:

Lapadulaning joyi kafolatlangan. Qolganlari almashib o‘ynaydi. Pavoletti – Petanya, Luvumbo – Oristanio hujumda o‘ynasa, ularning ortida Mankozu harakat qiladi.

Agar Shomurodov tez orada optimal sport formasini tiklab olmasa, zaxira o‘rindig‘ida qolib ketishi mumkin.

Umuman olganda tarkib har jihatdan yaxshi shakllangan. Bunga chempionat davomida guvoh bo‘lamiz.

Perpaolo:

Aslida optimal juftlik Petanya va Lapadula bo‘lishi kerak. Hozir Petanya va Luvumbodan foydalanish kerak.

Safar uchrashuvlarida  Eldor Shomurodov va Andrea Petanyani o‘ynatish yaxshi samara beradi. Eldor yaxshi sport formasida bo‘lgan paytda juda katta foyda keltiradi, qarshi hujumda tengsiz, maydon ichkarisidan tezkorlik bilan hujum qiladi. Hali bularning hammasini maydonda ko‘ramiz.

Fanat:

Men hujum uchligini ko‘rmoqchiman. Chap qanotda Luvumbo, markazda Shomurodov va o‘ng tarafda Atssi o‘ynashi kerak.

Eslatib o‘tamiz, “Kalyari” A Seriyadagi uchinchi tur uchrashuvini 2 sentyabr kuni safarda “Bolonya”ga qarshi o‘tkazadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Kalyari”: Hujumda kim o‘ynasin? Shomurodovni tanlagan muxlislar nima dedi?