Yevropaning qator ligalarida 1 sentabr kuni yozgi transfer oynasi yopildi. Quyida dedlayn kuni yuz bergan asosiy transferlar haqida ma’lumot beriladi.
- “Manchester Yunayted” “Fenerbahche”ning 25 yoshli darvozaboni Altay Bayindirni o‘z safiga qo‘shib oldi. Turkiyalik posbon bilan bitim 2027-yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
- “Manchester Siti” yarim himoyachisi Koul Palmer faoliyatini “Chelsi”da davom ettiradi. 21 yoshli futbolchi londonliklar bilan 7+1 ko‘rinishida shartnoma imzoladi.

- “Yuventus” himoyachisi Leonardo Bonuchchi “Union” bilan shartnoma imzoladi. 36 yoshli futbolchining turinliklar bilan bir yillik bitimi bor edi. Biroq u jamoa bilan kelishgan holda transferga qo‘yildi va jamoasini almashtirdi.

- “Nottingem Forest” “Arsenal” himoyachisi Nunu Tavareshni bir yilga ijaraga oldi. Shuningdek, jamoada 23 yoshli futbolchini 12 million funtga sotib olish huquqi ham mavjud.
- “Manchester Siti” “Vulverhempton” yarim himoyachisi Mateush Nuneshni 53,2 million funtga xarid qildi. Futbolchi “shaharliklar” bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.
- “Barselona” himoyachisi Kleman Langle ijara asosida “Aston Villa”ga o‘tdi. Ingliz jamoasi 28 yoshli futbolchining 75% maoshini to‘lab beradi.

- “Barselona” hujumkor yarim himoyachisi Ansu Fati “Brayton”ga ijara asosida o‘tdi. “Barselona” tarbiyalanuvchisi bir yildan so‘ng jamoaga qaytadi. Inglizlar shartnomaga 20 yoshli vingerni xarid qilish bandini kiritmagan.
- “Real” o‘z futbolchisi Reynerni uchinchi bor ijaraga berib yubordi. Futbolchi bu safar bir mavsum davomida A Seriyaning “Frozinone” klubi sharafini himoya qiladi.
- “Atalanta” klubi hujumchisi Duvan Sapata “Torino”da o‘ynaydigan bo‘ldi. Turinliklar futbolchini bir yilga ijaraga oldi.
- “Yuventus” yarim himoyachisi Marko Pyatssa Xorvatiyaning “Rieka” jamoasi futbolchisiga aylandi.
- “Augsburg” “Tottenhem” futbolchisi Jafet Tangangani ijaraga oldi.
- “Manchester Yunayted” 8 yil oldin jamoani tark etgan Jonni Evansni yana o‘z safiga qo‘shib oldi. 35 yoshli himoyachi mankunianliklar bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Evans so‘nggi 5 yilni “Lester” jamoasida o‘tkazgan.

- “Valensiya” 28 yoshli yarim himoyachisi Samu Kastilyexoni “Sassuolo”ga ijaraga berdi.
- “Chelsi” yarim himoyachisi Kallum Hadson-Odoi “Nottingem Forest” bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Futbolchi yangi jamoasida 14-raqam ostida harakat qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar