00:29 / 05.09.2023
556

Italiyalik muxlislar Shomurodovni muhokama qilmoqda: yaxshi gap ham, tanqid ham yetarli!

Italiyalik muxlislar Shomurodovni muhokama qilmoqda: yaxshi gap ham, tanqid ham yetarli!

Eldor Shomurodov Italiyadagi to‘rtinchi jamoasi – “Kalyari”dagi faoliyatini boshlab yubordi. A Seriyaning dastlabki uchta o‘yinida legionerimiz jami 79 daqiqa to‘p tepdi. Shuningdek, Italiya kubogida yarim soatdan ko‘proq harakat qildi.

O‘zbekistonlik forvard hali biror samarali harakatni amalga oshirgani yo‘q. Mutaxassislar 28 yoshli futbolchi sport formasini to‘liq tiklab olishga ulgurmaganini ta’kidlayapti. Shunga qaramay, https://www.calciocasteddu.it saytida “Kalyari” muxlislari Eldor Shomurodov transferi keng muhokama qilmoqda.

Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga italiyalik fanatlarning fikr-mulohazalarini havola etadi.

Luras:

Xafa bo‘lmanglar, yozdagi uchta transfer – Eldor Shomurodov, Yakub Yankto va Gaetano Oristanio o‘zini umuman oqlagani yo‘q.

Aleksis:

Nazarimda Eldor “Kalyari”ga mos emas. Hamma maqtagan salohiyatni ko‘rganim yo‘q.

Ftank:

Raneri Shomurodovni “Kalyari”da ko‘rishni istagan edi. Endi bu qaroridan pushaymon bo‘lsa kerak.

Mortimermaus:

Shomurodov yaxshi hujumchi. Uning iste’dodiga shubha qilmayman. Hozircha, sport formasini ko‘tara olgani yo‘q. Raneri bu jarayonni tezlashtirish uchun uni maydonga tushiryapti.

Fabritsio:

Shomurodov zerikarli o‘yin davomida bir juft yorqin harakatlarni ham qildi. Agar jismoniy tayyorgarligi joyida bo‘lsa, Eldor tezkor futbolchiga aylanadi.

Rob:

Shomurodovning jismoniy va psixologik ahvoli rasvo ekanini ham inobatga olish kerak.

Massimiliano Rossi:

Agar biz sabrsizlik bilan Shomurodov faoliyatiga chiziq tortib qo‘ymasak, Eldor hali jamoaga o‘z hissasini qo‘shadi. Tanqidlar bilan unga yordam berolmaymiz.

Alberto Antonini:

Tez kunlarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi AQSH va Meksika bilan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Eldor Shomurodov bu o‘yinlarda gol urishiga umid qilamiz. Axir u terma jamoada muntazam to‘p kiritishi odatga aylangan. Shu sabab, klubdagi o‘yini ham ochilib ketishidan umidvormiz. Olg‘a Eldor, bizga yordaming kerak!

Franchesko Martinetti:

Hamma Shomurodovga shubha bilan qarayapmiz. Lekin uning o‘zi jamoaga kelganida jismoniy tayyorgarligi yomon ekanidan ogohlantirgan edi. Turli xulosa va rad etuvchi fikrlar bildirishdan oldin, ozgina mantiqan o‘ylash xalaqit bermasdi. Menimcha, haqiqiy bahoni kamida o‘nta uchrashuvdan keyin bersak to‘g‘ri bo‘ladi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Italiyalik muxlislar Shomurodovni muhokama qilmoqda: yaxshi gap ham, tanqid ham yetarli!