16:23 / 05.09.2023
217

Timur Kapadze: "Kim tayyor bo‘lsa, o‘sha futbolchilarni maydonga tashlaymiz"

Timur Kapadze: "Kim tayyor bo‘lsa, o‘sha futbolchilarni maydonga tashlaymiz"

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida saralash uchrashuvlari o‘tkazilishidan xabaringiz bor. Unda O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Eron, Afg‘oniston va Gongkong jamoalariga qarshi to‘p tepadi. Mazkur o‘yinlar oldidan O‘zbekiston termasi bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Assalomu alaykum, hammaga. Saralash turniri boshlangani bilan hammani tabriklayman. Qisqa muddat ichida o‘tadigan turnir uchun yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Birinchi raqibimiz - Afg‘oniston terma jamoasi. Ular haqida ma’lumot yig‘ishga harakat qildik. Ammo raqib haqida deyarli ma’lumot yo‘q. Na ularning o‘yin videolari, na ulardagi futbolchilar haqida ko‘p narsani o‘rganib chiqa olmadik. Shunga qaramay, yigitlarning qobiliyatiga to‘la ishonaman.

Hozir Afg‘onistonda ham futbol rivojlanmoqda. Ular Qirg‘iz Respublikasida ham kichkina bo‘lsada, shov-shuv ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi.

Legionerlarimiz hozircha sog‘-salomat, Xudoga shukr. Kecha yana 3 nafari tarkibga kelib qo‘shildi. Kim tayyor bo‘lsa, o‘sha futbolchilarni maydonga tashlaymiz.

O‘yinchilar har bir bahsdan so‘ng turnirga moslashib boradi. Ular formaga kirib olishlari uchun dastlabki uchrashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Stadionlarimiz oldin qulay emas edi, hozir esa muammo yo‘q. "Jar" stadioni biz uchun har tomonlama mos keladi. "Bunyodkor" stadionida ham o‘ynashimiz mumkin edi, ammo hammasi oldindan hal etib qo‘yilgandi.

Shu fursatdan foydalanib, barcha jamoalarga omad tilab qolaman. Umid qilamiz, musobaqada muxlislarimiz ishonchini to‘la oqlaymiz. Ular biz uchun duoda bo‘lib tursa yetarli!", - dedi mutaxassis.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Timur Kapadze: "Kim tayyor bo‘lsa, o‘sha futbolchilarni maydonga tashlaymiz"