"Liverpul" rahbariyati Saudiya Arabistonidan foydali taklifga qaramay, hujumchi Muhammad Salah bilan xayrlashmoqchi emas.
Insayder Rudi Galettining xabar berishicha, misrlik yulduzga asosiy da’vogar hisoblangan “Al-Ittihod” mersisaydliklarga 170 million yevro taklif qilgan. Biroq, bu taklif "qizillar" tomonidan rad etildi. Shu tariqa Salah joriy mavsumda “Liverpul”da qoladi.
31 yoshli hujumchi 2017 yildan beri mersisaydliklar safida o‘ynab kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar