
U-23 Osiyo Kubogi saralashi doirasidagi birinchi tur uchrashuvidan keyin O‘zbekiston U-23 terma jamoasi futbolchisi Husayn Norchayev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- O‘yin haqida
- O‘zoq kutilgan o‘yin. Jamoamda o‘yin amaliyotisiz qolib ketayotgan edim. Terma jamoada o‘zimni ko‘rsatishga imkon bo‘ldi. Birinchi o‘yinda yaxshi o‘ynadik. Bundan keyingi o‘yinlarda ham yaxshi harakat qilamiz deb o‘ylayman.
- Birinchi bo‘limdan so‘ng murabbiylar qanday ko‘rsatmalar berishdi?
- Ikkinchi taymda raqib charchab qoldi deb o‘ylayman. Murabbiylar bizdan ko‘proq qanotlardan hujum qilishimizni so‘rashdi. Bu bizga ko‘p foyda berdi.
- Bugun uchta gol urdingiz. Taassurotlar qanday bo‘ldi? Golni nishonlashingiz ham o‘zgacha tarzda bo‘ldi...
- Bugun stadionga oilam tashrif buyurgandi. Gollarimni otam va onamga bag‘ishladim.
- Eronga qarshi o‘yindan nimalar kutyasiz?
- Ko‘proq gol urib, jamoamga yordam bermoqchiman. O‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatib Osiyo kubogiga chiqishga harakat qilamiz.
- Eron jamoasini kuzatdinglarmi? Bu jamoa haqida qanday fikrdasiz?
- Hozircha bu jamoani murabbiylarimiz kuzatib borishmoqda. Keyingi o‘yinimiz Gongkongga qarshi. Ushbu o‘yinda g‘alaba qozonib, undan so‘ng Eron bilan o‘yinga tayyorgarlikni boshlaymiz.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.