12:03 / 07.09.2023
199

Ronaldu faoliyatidagi 850 gol haqidagi savolga o‘zgacha javob berdi

Ronaldu faoliyatidagi 850 gol haqidagi savolga o‘zgacha javob berdi

Faoliyatida 850 ta gol urgan Krishtianu Ronaldu bu ishni qilishda davom etishini ma’lum qildi.

- Bu tarixiy natija. Men uchun bu raqamlarga erishish "syurpriz" bo‘ldi. Bu qachondir amalga oshadi deb o‘ylamagandim.

Ammo men bundan ham ko‘prog‘ini kutaman. Hozircha o‘ynayapman va maqsadni yuqori qo‘yish kerak. Klub va terma jamoada menga yordam berganlarga minnatdorchilik bildirmoqchiman.

- 900-golni ham ura olasizmi?

- 850 tasini urdim. 860, 870... Harakat qilamiz. Maqsadim - doimo oldinga qarab borish, klubda ham, terma jamoa miqyosida ham. Shuningdek, individual maqsadlarga ham erishish kerak. Hayotdan zavqlanish muhim", - dedi 38 yoshli futbolchi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu faoliyatidagi 850 gol haqidagi savolga o‘zgacha javob berdi