14:12 / 09.09.2023
165

AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi O‘zbekistonga qarshi o‘yin uchun asosiy tarkibni e’lon qildi

AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi O‘zbekistonga qarshi o‘yin uchun asosiy tarkibni e’lon qildi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 10 sentyabrga o‘tar kechasi AQSHga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi.

AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Gregg Berxalter matbuot anjumanida O‘zbekistonga qarshi maydonga tushadigan futbolchilar nomini e’lon qildi.

Darvozabon: Metyu Tyorner;

Himoyachilar: Entoni Robinson, Tim Rim, Kristofer Richards, Serjino Dest;

Yarim himoyachilar: Ueston Makkenni, Frensis Tessmann, Yunnus Musa;

Hujumchilar: Kristian Pulishich, Folarin Balogun, Timoti Vea.

Jurnalistlarning “Bu O‘zbekistonga nisbabat hurmatsizlik emasmi?”, degan savoliga murabbiy o‘rtoqlik o‘yinlari uchun asosiy tarkibni ertaroq e’lon qilinishi xavotirli emasligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, terma jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 9 sentyabrdan 10 sentyabrga o‘tar kechasi 02:30 da boshlanadi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi O‘zbekistonga qarshi o‘yin uchun asosiy tarkibni e’lon qildi