Geydji: "U men bilan jang qilish uchun qaytib keladi deb o‘ylamayman"

Geydji: "U men bilan jang qilish uchun qaytib keladi deb o‘ylamayman"

BMF kamari sohibi Jastin Geydji Masvidal bilan jang qilmoqchi emas.

"Qiziqarli tuyulishi mumkin, ammo u hech qachon qaytib kelmaydi. Uning hozirgi vazni 110 kg ga yaqin. Men yengil vazn toifasida jang qilaman va Xorxe bunday toifada aslo oktagonga chiqmaydi", - dedi Jastin.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda Masvidal UFC 244 musobaqasi doirasida Neyt Diazni mag‘lub etib, BMF kamarini qo‘lga kiritgan edi. Keyinchalik, u faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi.

Geydji esa, shu yil yozda Dastin Poreni nokautga uchratib, mazkur kamarning yangi egasiga aylangandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar