Yaponiya Germaniyani yirik hisobda mag‘lub etdi

Yaponiya Germaniyani yirik hisobda mag‘lub etdi

Yaponiya - Germaniya uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda osiyoliklar yirik 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab, 11-daqiqada Ito hisobni ochgan bo‘lsa, 19-daqiqada Sane imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Oradan ko‘p o‘tmay Ueda jamoasini oldinga olib chiqdi. O‘yin so‘nggida Asano va Tanakalar o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, Germaniyani oldinda Fransiyaga qarshi o‘rtoqlik bahsi kutmoqda.

Germaniya – Yaponiya 1:4 (1:2, 0:2)

Gollar: 0:1 – 11 Ito, 1:1 – 19 Sane, 1:2 – 22 Ueda, 1:3 – 90 Asano, 1:4 – 90 Tanaka.

Germaniya – ter Stegen, Ryudiger, Zyule, Shlotterbek (Gozens, 64), Gyundogan, Djan (Gross, 64), Virts (Brandt, 73), Kimmix, Xaverts (Myuller, 73), Sane, Gnabri (Shade, 81).

Yaponiya – Osako, Sugavara (Xasioka, 84), Itakura, Tomiyasu, Ito, Endo, Kamada (Taniguti, 59), Morita (Tanaka, 75), Mitoma (Doan, 84), Ito (Kubo, 75), Ueda (Asano, 59).

Ogohlantirishlar: Zyule (25), Itakura (52), Gozens (66).

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar