10:50 / 10.09.2023
126

Husayn Norchayev: “Xudo xohlasa, terma jamoamiz bilan Osiyo chempionatiga yo‘l olamiz”

Husayn Norchayev: “Xudo xohlasa, terma jamoamiz bilan Osiyo chempionatiga yo‘l olamiz”

U-23 Osiyo Kubogi saralashi 2-turi doirasidagi Gonkong – O‘zbekiston uchrashuvidan (0:10) so‘ng Husayn Norchayev bahs haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Biz bugungi o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. Buni hisobda ham isbotladik. Xudoga shukur bugungi o‘yinda jamoamga foydam tegganidan xursandman. Eronga qarshi muhim o‘yinda g‘alaba qozonib, muxlislarimizga bayram qilib berishga harakat qilamiz. Xudo xohlasa, terma jamoamiz bilan Osiyo chempionatiga yo‘l olamiz.

- Bugungi o‘yin osonroq o‘tgandek...

- Bunga sabab dastlabki daqiqalarda gol urganimiz bo‘lsa kerak. Chunki boshidagi gollarimiz orqali raqiblarimiz o‘yin tizginini yo‘qotib qo‘yishdi. Shundan so‘ng biz yana oldinga borishda davom etdik va o‘yinimiz ancha mazmunli chiqdi.

- 2 ta bahsda 6 ta gol urgan Husayn Norchayev gol urishni sog‘ingandek tuyilmoqda...

- Shunaqa desa ham bo‘ladi. To‘g‘risini aytsam, maydonga tushishni rosa sog‘ingandim. Barchasi uchun yaratgandan minnatdorman.

- Eronga qarshi bo‘lajak bahs haqida...

- Biz faqat g‘alaba uchun harakat qilamiz. Yurtimiz va muxlislarimiz uchun ham faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Husayn Norchayev: “Xudo xohlasa, terma jamoamiz bilan Osiyo chempionatiga yo‘l olamiz”