14:33 / 10.09.2023
881

AQSH O‘zbekistonni qay tarzda mag‘lub etdi? Bosh murabbiyning bunga javobi

AQSH O‘zbekistonni qay tarzda mag‘lub etdi? Bosh murabbiyning bunga javobi

Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida AQSH hamda O‘zbekiston o‘zaro kuch sinashdi. Mazkur bellashuvda shimoliy amerikaliklar 3:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Dastlab, bellashuv avvalida Vea hisobni ochdi. O‘yin yakunlanishiga yaqin Pepi oradagi farqni ikkitaga yetkazib qo‘ydi. Pulishich esa 90+4-daqiqada hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.

Uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida AQSH termasi bosh murabbiyi Gregg Berxalter o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"O‘ylashimcha, biz bu o‘yinni tajriba sifatida o‘tkazishimiz kerak edi. Buni yaxshi uddaladik. Biz bundanda zo‘r o‘ynay olamiz, rivojlanishimiz kerak edi, o‘sishdan to‘xtamaymiz.

Bahsning so‘nggi 10 daqiqasidagi qarashlarimizdan juda xursand bo‘ldim. Yigitlar oxirigacha gol urishni istashdi, ular g‘alabaga chanqoq edi. Masalan, biz 1:0 hisobini ushlash uchun himoyaga yotib olishimiz ham mumkin edi.

O‘zbekiston 4 himoyachi bilan o‘ynashni boshlaganda, ularning hududida bo‘sh zonalar paydo bo‘la boshladi. Futbolchilarimiz esa o‘sha ochiq hududlardan hujum qilishni to‘xtatishmadi.

Raqibga qarshi pozitsion hujum boshlash chog‘ida ularning bizga qarab tortilishini kutdik. Ya’ni futbolda 5 himoyachi bilan harakatlanayotgan jamoaning zichligini yorib o‘tish muhim jarayon hisoblanadi. Maqsadimizga yetishgan onimizda tezlik bilan hujumga o‘tishni reja qildik.

Beshtalik himoyachi bilan o‘ynaydigan raqib mudofaasini osonlik bilan yengib bo‘lmaydi. Ko‘rdingiz, ular asosan orqa frontda turib harakat qilishdi. Odatda, biz bunday uslubdagi jamoalar bilan tez-tez o‘yin o‘tkazmaymiz.

Shuningdek, to‘pni yo‘qotgandan so‘ng pressing qilishda kamchiliklarimiz ko‘zga tashlandi. Menimcha, biz O‘zbekistonga juda ko‘p imkoniyatlar berib yubordik", - dedi mutaxassis.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » AQSH O‘zbekistonni qay tarzda mag‘lub etdi? Bosh murabbiyning bunga javobi