Rudi Feller Germaniya termasining Yaponiyaga 1:4 hisobida uchragan mag‘lubiyatini sharmandalik deb baholadi.
"Hali ham shokdaman. 1:4 hisobidagi mag‘lubiyat - bu sharmandalik. O‘zimizga to‘g‘ri baho berish va jamoaning kelajagini o‘ylash vaqti keldi.
Hozirgina Xans bilan gaplashdim, u g‘azab otiga mingan. Hozir tinchlanib olish payti. Ertaga nimalar bo‘lganini gaplashib olish kerak. Bu barchaning oldida uyatli ish bo‘ldi.
Fransiyaga qarshi o‘yinda bunday qilish yaramaydi. Biz - Germaniya. Seshanba kuni bizdan hech kim qo‘rqmaydi. Lekin jamoadagi barcha futbolchilar top-klublarda o‘ynashadi", - dedi Germaniya termasi sport direktori.
Fransiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini 12 sentyabr kuni o‘tkaziladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar