11:19 / 11.09.2023
195

Jokovich «Katta dubulg‘a» musobaqalarida mutlaq rekordni takrorladi

Jokovich «Katta dubulg‘a» musobaqalarida mutlaq rekordni takrorladi

Foto: Getty Images

Serbiyalik tennischi Novak Jokovich 10 sentyabr, yakshanba kuni Nyu-Yorkdagi turnir finalida rossiyalik Daniil Medvedevni uch setda (6:3, 7:6, 6:3) mag‘lubiyatga uchratib, US Open'da g‘olib chiqdi.

Bu - Jokovich uchun «Katta dubulg‘a» turnirlaridagi 24-g‘alaba bo‘ldi. Shu tariqa, u erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida o‘z rekordini yangiladi. Eng yaqin ta’qibchi ispaniyalik Rafael Nadal 22 ta «Katta dubulg‘a»ga ega.

Shu bilan birga, Jokovich ayollar o‘rtasida 24 ta chempionlikni qo‘lga kiritgan avstraliyalik Margaret Kortning mutlaq rekordini takrorladi. Kortning 13 tituli tennis bo‘yicha Ochiq davrgacha bo‘lgan vaqtda qo‘lga kiritilgan, o‘shanda «Katta dubulg‘a» turnirlarida faqat havaskorlar ishtirok etishi mumkin edi.

«Katta dubulg‘a» turkumidagi to‘rtta turnirdan uchtasida g‘alaba.

Bundan tashqari, 36 yoshli serbiyalik AQSH ochiq chempionatida g‘olib chiqqan eng keksa tennischiga aylandi. Yil boshida u xuddi shunday muvaffaqiyatni Fransiya Ochiq chempionatida qayd etgan edi. 2023 yilda Novak Jokovich «Katta Dubulg‘a» turkumiga kiruvchi to‘rtta turnirdan uchtasida g‘olib chiqdi. U o‘z faoliyatida to‘rtinchi marta shunday muvaffaqiyatga erishdi (ilgari 2011, 2015 va 2021 yillarda) - bu ham erkaklar tennisidagi mutlaq rekorddir.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jokovich «Katta dubulg‘a» musobaqalarida mutlaq rekordni takrorladi