date
views 231

Jasur Jaloliddinov: "Eronning provakatsiyalariga e’tibor bermadik va g‘alaba qozondik"

Jasur Jaloliddinov: "Eronning provakatsiyalariga e’tibor bermadik va g‘alaba qozondik"

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi sardori Jasur Jaloliddinov Eron bilan kechgan hal qiluvchi bahsdan so‘ng fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Avvalambor xalqimizni g‘alaba bilan tabriklayman. Ko‘pchilik ikkita yirik hisobli o‘yinimizdan keyin Eron bilan qanday o‘ynashimizni kutgandi. Lekin biz o‘z kuchimizga ishonib turgandik. Barcha gap-so‘zlarni tugatdik, imkon qoldirmasdan g‘alaba qozondik. Durang bizni qoniqtirishiga qaramay, biz faqat oldinga qarab o‘ynadik. Raqib esa vaqt cho‘zishga, durangga harakat qildi. Bugungi o‘yin hammasini ko‘rsatib qo‘ydi", - deydi Jasur Jaloliddinov.

- Bugun hakamlikka ko‘p e’tirozlar bo‘ldi...

- Hissiyotda bo‘lib turadigan holat. Ikkita kuchli jamoa to‘qnash keldi. O‘ylaymanki, hakam o‘yinni yaxshi boshqardi.

- Odatda Eron jamoalari futbol o‘ynaydi. Lekin bugun raqib provakatsilardan nariga o‘tmadi. Shuni bilgan holda qanday tayyorgarlik ko‘rdinglar?

- Osiyo chempionatlari orqali bu holatlardan o‘tib kelgandik. Bir yil o‘tdi. Ularning provakatsiyalariga e’tibor bermay, o‘yin haqida o‘yladik. Yakunda g‘alaba qozondik.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jasur Jaloliddinov: "Eronning provakatsiyalariga e’tibor bermadik va g‘alaba qozondik"