Xabaringiz bor, O‘zbekiston futzal terma jamoasi yurtimizda o‘tkaziladigan Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Jamoani muhim turnir oldidan yanada yuqori darajaga olib chiqish borasida sa’y-harakatlar olib borilyapti. Jahonda yuksak mavqega ega mutaxassis Xose Venansio Lopes yaqin kunlarda mamlakatimizga tashrif buyurib, O‘FA rahbariyati bilan o‘zaro hamkorlik shartnomasini tuzish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, Venansio ikki bor Ispaniya terma jamoasini Yevropa chempioniga aylantirgan. Jahon chempionati finaliga olib chiqqan. Klublar o‘rtasida Yevropa chempioni. Ispaniya chempioni, 3 karra kubok egasi, 3 bor superkubok egasi. Shuningdek, 5 bor dunyoning yaxshi murabbiyi deb topilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar