date
views 620

Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston U23 tarkibi e’lon qilindi

Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston U23 tarkibi e’lon qilindi

23 sentyabr – 8 oktyabr kunlari Xitoyning Hangjou shahrida o‘tkaziladigan qit’aning eng yirik sport musobaqasiga O‘zbekiston olimpiya jamoasi 22 futbolchi bilan yo‘l oladi. Bosh murabbiy Temur Kapadze 22 futbolchi kiritilgan tarkibga Abduqodir Husanov, Abbosbek Fayzullayev va Umarali Rahmonaliyevni qo‘shmagan. Bunga turnirning FIFA kunlarida o‘tkazilmayotgani sababli o‘yinchilarning klublari – «Lans», SSKA va «Rubin» qo‘yib yubormagani bilan bog‘liq.

O‘zbekiston olimpiya jamoasining Osiyo O‘yinlari uchun tarkibi:

Musobaqa tashkiliy qo‘mitasi guruh bosqichidan o‘rin olgan bahslarning o‘tkazilish vaqtini ma’lum qilgan. Unga ko‘ra, vakillarimiz 1-turda Afg‘oniston, 2-turda Hongkong, 3-turda Suriyaga qarshi maydonga tushadi. Barcha o‘yinlar «Shangcheng Stadium»da bo‘lib o‘tadi. O‘yinlarning boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.

«S» guruhi
1-tur: O‘zbekiston – Afg‘oniston (20 sentyabr, soat 13:00)
2-tur: O‘zbekiston – Hongkong (22 sentyabr, 16:30)
3-tur: O‘zbekiston – Suriya (25 sentyabr, 13:00).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston U23 tarkibi e’lon qilindi