date
views 163

Maksim Shatskix: "Istalgan o‘yin uchun kamida 3 ta reja bilan maydonga tushamiz"

Maksim Shatskix: "Istalgan o‘yin uchun kamida 3 ta reja bilan maydonga tushamiz"

Ertaga Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi ilk turi doirasida "Paxtakor" - "Al Ayn" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan vakillarimiz bosh murabbiyi Maksim Shatskix matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Hammaga xayrli kun! Ertangi raqibimiz kuchli. Biz bu o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. "Al Ayn" safida tajribali va yuqori saviyali futbolchilar to‘p tepadi. Ertaga muxlislarimiz uchun ijobiy natija ko‘rsatish uchun harakat qilamiz.

Bu o‘yinni bir yarim yil kutgan edik. Mana o‘sha vaqt keldi. Ertaga yaxshi o‘yin namoyish etamiz deb o‘ylayman. Ertangi o‘yinga tayyormiz. Biz ertaga o‘z o‘yinimizni raqibga o‘tkazishni harakat qilamiz".

Sobirxo‘jayev: "Ertaga chempionlar ligasidagi yurishimizni boshlaymiz. Eng muhimi barcha futbolchilar ertangi o‘yinga tayyor va muxlislarga ma’qul keladigan o‘yin namoyish etamiz". 

- Osiyo o‘yinlariga yo‘l olgan futbolchilar o‘rni qanchalik bilinadi?
- Jamoada o‘zgartirib bo‘lmas futbolchilar yo‘q. Ularning o‘rnini boshqa futbolchilar bilan to‘ldiramiz. Tarkibimizda futbolchilar yetarlicha. Umid qilamanki, ertaga tarkibdagi o‘zgarishlar bizga qiyinchilik to‘g‘dirmaydi.

- "Paxtakor" jamoasi chempionlar ligasida o‘z oldiga qanday maqsad qo‘ygan?
- Ayni damdagi maqsadimiz guruhdan chiqish. Keyingi bosqichga chiqqanimizdan so‘ng, maqsadlar o‘zgarishi aniq, ammo hozirgi asosiy maqsadimiz pley-off bosqichiga chiqish.

- "Paxtakor" jamoasi o‘z o‘y o‘yinlarini "Bunyodkor" stadionida o‘tkazishi sizlarga noqulaylik to‘g‘dirmaydimi?
- Osiyo futbol konfederatsiyasining talabi shunday ekan. "Bunyodkor" stadionida mashg‘ulot o‘tkazdik va maysa holati yaxshi. Muhimi biz o‘z o‘yimizda o‘ynamoqdamiz va muxlislar yonimizda bo‘lishadi. Avvalgi mavsumlar esa ayrim bir sabablarga ko‘ra buning iloji yo‘q edi. Endi bemalol uy va mehmonda o‘ynay olamiz. Ertaga muxlislar ajoyib atmosfera yaratib berishadi degan umiddaman.

- "Al Ayn" jamoasi "Paxtakor" uchun guruhdagi eng qiyin raqibmi?
- Osiyo chempionlar ligasida kuchsiz jamoalar bo‘lmaydi. Barcha jamoalar guruh bosqichiga chiqish uchun uzoq yo‘lni bosib o‘tadilar. Barcha raqiblar kuchli va ularni o‘rganib chiqamiz, faqat "Axal" jamoasiga qarshi o‘yinlar qiyin kechishi aniq. Sababi ular haqida ma’lumot juda-juda kam. Barchasi o‘z qo‘limizda.

- Joriy mavsumdan boshlab OCHL kuz-bahor tizimiga o‘tdi. Avvalari esa bunday emas edi. "Paxtakor" jamoasi uchun yangi tizim qulaymi? Masalan avval OCHL mart oyida boshlanardi va bizning futbolchilarimiz milliy chempionatimiz endi boshlanayotgani sabab noqulaylik tug‘dirar edi.
- Hozirgi tizim qulayroq. Biz endi chempionatning ikkinchi qismini boshladik va hozir ancha yaxshi sport holatidamiz. Guruh bosqichidan keyin esa, agar pley-offga chiqsak, keyin muammo bo‘lishi mumkin sababi o‘sha vaqtga kelib bizda chempionat yakunlangan bo‘ladi.

- "Paxtakor" jamoasi Cheransiz boshqa jamoaga aylanib qoladi. OCHLda kuchsiz jamoa yo‘qligini hisobga olsak, agarda Dragan o‘yinlarda ishtirok eta olmaydigan bo‘lib qolsa. "Paxtakor" qiynalib qolmaydimi?
- Bizda har doim variant bor. Biz taktik uslub yoki o‘yin sxemasini o‘zgartirishimiz mumkin. Biz har doim o‘zgarishlar qilishga tayyormiz va ertangi o‘yinda buni bilib olasizlar.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Maksim Shatskix: "Istalgan o‘yin uchun kamida 3 ta reja bilan maydonga tushamiz"