Olimpiada hamda jahon chempioni bo‘lgan yurtdoshimiz hozirgina Osiyo o‘yinlaridagi ilk jangini o‘tkazdi.
U Janubiy Koreya vakili Sex Yeong Joga qarshi ringga ko‘tarildi. -51 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan yurtdoshimiz 1-raundda raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Ikkinchi raundda janubiy korelik bokschining ko‘zidan olgan jarohati tufayli, jangni davom ettira olmadi.
Shu tariqa Do‘smatov o‘z yurishini g‘alaba bilan boshladi. Endi u keyingi bosqichda prinsipial raqibga aylangan qozog‘istonlik Saken Bibbosinov bilan to‘qnash keladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar