Osiyo o‘yinlari. To‘raboyev oltin medal sohibiga aylandi!

Xitoyning Hanchjou shahrida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda.
O‘zbekiston delegatsiyasi g‘aznasi yana bir oltin medal bilan boyidi. Bayroqdorimiz Muzaffarbek To‘raboyev dzyudo bo‘yicha -100 kg vazn toifasida chempionlikni qo‘lga kiritib, ushbu Osiyo o‘yinlaridagi beshinchi oltin medalimizni keltirdi.
Hamyurtimiz qiziqarli kechgan final bahsida mo‘g‘ulistonlik Gonchigsuren Batxuyagni mag‘lubiyatga uchratdi.































Izohlar 0
…