Xanchjou shahrida davom etayotgan Osiyo o‘yinlari doirasida boks bahslari davom etmoqda. Erkaklar o‘rtasida 80 kg vazn toifasida qatnashayotgan hamyurtimiz To‘rabek Habibullayev chorak finalda iordaniyalik Xusseyn Iashishga qarshi ringga ko‘tarildi.
Bahs to‘liq 3 raund davom etdi va yakunda To‘rabek g‘alaba qozondi - 3:2.
Ta’kidlash joiz, vakilimiz birinchi raundda raqibini nokdaun holatiga tushirishga muvaffaq bo‘ldi.
To‘rabek yarim finalda Tuoxetayer Biyeke va Bekjigit O‘murbek Uulu jangi g‘olibiga qarshi ringga chiqadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar