La Liganing sakkizinchi turidan o‘rin olgan “Almeriya” va “Granada” uchrashuvida futbol ishqibozlari ushbu mamlakat futbol tarixida avval yuz bermagan holatga guvoh bo‘ldi.
Mezbonlar hujumchisi Luis Suares besh daqiqayu 25 soniya ichida raqiblar darvozasini uch marotaba ishg‘ol qildi. Bu ko‘rsatkich eng tezkor xet-triklar orasida uchinchisi bo‘ldi. Luis Suaresdan yaxshiroq natijani “Atletiko”da o‘ynagan Kevin Gameyro va “Valensiya”da porlagan David Vilya qayd etgan.
Muhimi bu emas. Luis Suaresga golli paslarni 22 yoshli Larji Ramazoni uzatdi. Hali Ispaniya futboli tarixida ikki futbolchi besh daqiqa ichida xet-trikka sababchi bo‘lgan holat kuzatilmagan.
Bundan tashqari Ramazoni “Almeriya” tarixida bir o‘yinda uch marta assist muallifi bo‘lgan birinchi futbolchiga aylandi.
Shunga qaramay, “Almeriya” g‘alabani ushlab qola olmadi “Granada” futbolchilari ikkinchi bo‘limda uchta to‘p kiritib, hisobni tenglashtirib qo‘ydi – 3:3.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring