Yengil vazn toifasi UFC chempioni Islam Maxachev yozdayoq AQSHda Oliveyraga qarshi jang qilmoqchi edi.
"Charlz, men yozdayoq AQSHda jang o‘tkazishni o‘ragan edim, ammo promoushenning boshqa rejalari bor. Men ham sen kabi jangchiman va hech qachon UFC'ga shart qo‘ymaganman.
Ular taklif qilgan joyda jang qildim. Misol uchun, Volkanovskiga qarshi Avstraliyada oktagonga chiqdim. Shuning uchun har doim ham sen aytganingdek bo‘lavermaydi", - dedi dog‘istonlik chempion.
Eslatib o‘tamiz, Islam Maxachev va Charlz Oliveyra o‘rtasidagi to‘qnashuv 21 oktyabr kuni Abu-Dabidagi UFC 294 turniri doirasida bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar