date

Toshkentda tug‘ilgan futbolchi Angliyada ko‘rikdan o‘tmoqda

Toshkentda tug‘ilgan futbolchi Angliyada ko‘rikdan o‘tmoqda

Asli Toshkentda tug‘ilgan Nigeriya terma jamoasining sobiq hujumchisi Piter Odemvingie o‘z kuchini yana Angliya chempionatida sinab ko‘rishga qaror qildi, deya xabar beradi "sports.uz".

35 yoshli futbolchi bu gal "Xall Siti" tarkibidan joy olishga urinmoqda. Tajribali forvard jamoaning mavsumoldi o‘rtoqlik uchrashuvilarida ishtirok etib, o‘z imkoniyatlarini ko‘rsatishga harakat qiladi.

Odemvingie o‘tgan mavsumni quyi liga "Bristol Siti" safida o‘tkazib, ettita o‘yinda raqiblar darvozasiga ikkita gol urgan edi.

Piter 1981 yilning 15-iyulida Toshkent shahrida tavallud topgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Toshkentda tug‘ilgan futbolchi Angliyada ko‘rikdan o‘tmoqda