Gonkong U-23 bosh murabbiyi Yorn Andersen Osiyo o‘yinlari doirasida 3-o‘rin uchun o‘tkazilgan O‘zbekistonga qarshi uchrashuvdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Yigitlar qo‘llaridan kelganini bajarishdi. Yarim final va uchinchi o‘rin uchun bahs uchun o‘tkazilgan o‘yin shuni ko‘rsatdiki, Gonkong, Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi daraja katta tavofutga ega. Ikkala raqibga qarshi birinchi bo‘limlarda deyarli tengma-teng harakat qildik. Kamchiliklarni tuzatish borasida harakat qilamiz.
Kuchli jamoalarga qarshi butun o‘yin davomida tengma-teng harakat qilish qiyin, shogirdlarim 90 daqiqa davomida kuchini saqlay olmadi. Jamoa hali butun o‘yin davomida tez va shiddatli o‘yin o‘tkazishga qodir emas.
Osiyoning yetakchi jamoalari bilan raqobatlashish uchun Gonkong Superligasi yuqori intensivlikka ega bo‘lishi, mahalliy futbolni rivojlantirish hamda futbolchilarga yaxshi maosh to‘lash lozim.
Jamoani juda ko‘p muxlis qo‘llab-quvvatladi. Gonkong futbol assotsiatsiyasi ham har tomonlama ko‘mak berdi. Mamlakatda futbol rivojlanmoqda.
Gonkong uchun to‘rtinchi o‘rin tarixiy natija sanaladi. Kuchli jamoalarga qarshi tafovut qisqardi. Kelgusida yuqori darajaga chiqish uchun astoydil harakat qilishimiz lozim. Bunga faqat mamlakat chempionati darajasini oshirish orqali erishish mumkin. So‘nggi ikki o‘yindagi mag‘lubiyatga qaramay, shogirdlarimdan ko‘nglim to‘ldi", – dedi germaniyalik mutaxassis.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring