Coca Cola Superligasi 21-turi doirasidagi OKMK - “So‘g‘diyona” (3:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida qatnashdi.
"Muxlislar uchun qiziq o‘yin. Biroq, jiddiy jamoa har o‘yinda ikkita yoki uchta gol o‘tkazib yuborishni shundoq qabul qila olmaydi. Boshida yaxshi himoyalanayotgandik, ammo o‘zimizning qo‘pol xatolarimiz evaziga gollar qabul qilib oldik. Mag‘lub bo‘lsak, butun jamoa mag‘lub bo‘ladi, bir o‘yinchi emas. Birinchi bo‘limda albatta biz ko‘prog‘ini kutgandik. Raqibda bir necha vaziyatlar bo‘ldi. Ular bizga katta muammo tug‘dirishdi.
Shundan keyin biroz konsentratsiyani yo‘qotdik. Penalti berildi, bir kishi ko‘p edik. G‘alaba qozonishga imkoniyatimiz yetarli edi. Biroq, futbol 90 daqiqadan ko‘proq o‘ynaladi. Oxirgi daqiqalarda esa aytganimdek, konsentratsiya yetishmadi. Nima ham deyman, o‘yinimizdan qoniqmadim.
Juda ko‘p individual xatolarga yo‘l qo‘ydik. Ishlashda davom etamiz. 21 oktyabr kuni keyingi o‘yinimiz. Mag‘lub bo‘lish og‘ir, ammo oldingi harakat qilish kerak. 5 ta o‘yin qoldi, 15 ochko to‘plash imkoniyati bor. Har bir o‘yinda g‘alaba uchun maydonga chiqamiz", - deydi Ivan Boshkovich.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring