Bektemir Meliqo‘ziyev muddatidan oldin g‘alaba qozondi (video)

Bektemir Meliqo‘ziyev muddatidan oldin g‘alaba qozondi (video)

Professional boksning super o‘rta vazn toifasida janglar olib borayotgan hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziyev navbatdagi jangini AQSHning Las Vegas shahrida tashkil etilgan kechada o‘tkazdi.

Golden Boy promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan oqshomda unga Alentez Foks raqib bo‘ldi.

Foksda bo‘y borasida ustunlik bo‘lsada, bu deyarli ish bermadi. Meliqo‘ziyev to‘liq o‘z ustunligini namoyon etib, raqibini 4-raundda texnik nokautga uchratgan holda 13-g‘alasini qo‘lga kiritdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar