O‘z davrida UFC yengilmas chempioni bo‘lgan Habib Nurmagomedov “Pari Sen-Jermen” klubining MMA loyihasi rahbari etib tayinlanishi kutilyapti.
Le Parisien nashrining xabar berishicha, PSJ ayni paytla futbol va gandbol jamoalariga ega. Parijliklar endi sportdagi faoliyat turlarini kengaytirmoqchi. PSJ aralash jang san’atlari bilan shug‘ullanadigan MMA tizimini joriy qiladi. Hozircha, ushbu loyig‘ani PSJning dzyudo yo‘nalishiga mas’ul bo‘lgan Jamil Buras o‘rganib chiqyapti.
Manbalarning ta’kidlashicha, Habib Nurmagomedovning loyihaga jalb etilishi klub prezidenti Nasser Al-Xelaifiyning tashabbusi bo‘lishi mumkin. Chungi sobiq sportchi qatarlik amaldor bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqada.
Habib Nurmagomedov professional faoliyatini 2020 yilning oktyabrida yakunlagan. Mashhur sportchi jami 29 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘olib chiqqan.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring