date

Endi Ruis Deontey Uaylder bilan jang uchun qancha gonorar so‘ramoqda?

Endi Ruis Deontey Uaylder bilan jang uchun qancha gonorar so‘ramoqda?

Og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Endi Ruis (35-2,22 KO) Deontey Uaylder (43-2-1,42 KO) bilan jang qilishni juda xohlamoqda. Hatto u bilan tushida ham jang qilgan.

Deontey, kel, yuzma-yuz gaplashaylik. Senda mening raqamim bor, menda esa seniki. Qo‘ng‘iroq qilib shu ishni amalga oshiraylik. Agar u men bilan jang qilishni oson deb hisoblasa, men so‘ragan 25 million dollarni bering.

Men Uaylderni mag‘lub etishni orzu qilardim. Hatto tush ham ko‘rdim, unda qo‘lim ko‘tarildi. U bilan anchadan beri jang qilishga harakat qilardim. Men uni nokautga uchrataman”, - deya Ruisning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda “Boxing Scene”.

Eslatib o‘tamiz, Endi Ruis so‘nggi jangini Luis Ortisga (33-3, 28 KO) qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozongan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Endi Ruis Deontey Uaylder bilan jang uchun qancha gonorar so‘ramoqda?