Futbol bo‘yicha xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida doirasida Germaniya terma jamoasi 14 oktyabr, shanba kuni AQSHga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning 27-daqiqasida Kristian Pulishich hisobni ochdi. Oradan bir oz vaqt o‘tib, Ilkay Gundo‘g‘an hisobni tenglashtirdi.
Ikkinchi bo‘limda ham nemislar yana ikkita gol urdi. Dastlab, 58-daqiqada Fyullkrug o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, 61-daqiqada Jamal Musiala nemislarning uchinchi goliga mualliflik qildi.
Shu tariqa Germaniya Yulian Nagelssman qo‘l ostida dastlabki g‘alabasini qayd etdi.
O‘rtoqlik o‘yini
AQSH – Germaniya 1:3
Gollar: 1:0 – 27 Pulishich, 1:1 – 39 Gundo‘g‘an, 1:2 – 58 Fyullkrug, 1:3 – 61 Musiala.
AQSH: Terner, Skalli, Rim, Richards (Karter-Vikers, 65), Dest, Makkenni (Jonni, 74), Reyna (De La Torre, 46), Musa, Pulishich (Paredes, 75), Vea (Aaronson, 65), Balogun (Pepi, 66).
Germaniya: ter Stegen, Ta, Hummels (Zyule, 62), Rudiger, Gozens, Gross (Goretska, 71), Gundo‘g‘an, Virs (Havers, 62), Sane (Brandt, 71), Musiala (Fyurix, 81), Fyullkrug (Myuller, 81).
Ogohlantirishlar: Hummels (43), Musa (56).
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring