12:23 / 19.10.2023
148

Aleksandr Volkanovski: “Maxachevga qarshi trilogiya? Nega endi yo‘q?”

Aleksandr Volkanovski: “Maxachevga qarshi trilogiya? Nega endi yo‘q?”

Aleksandr Volkanovski Islom Maxachevga qarshi UFC 300 da ham jang qilmoqchi.

Maxachevga qarshi trilogiya? Nega endi yo‘q? Bu ajoyib g‘oya. Lekin ko‘p narsa Islomning o‘ziga bog‘liq. U boshqa vazn toifasiga o‘tmoqchi.

Agar u yengil vazn toifasida qoladigan bo‘lsa, uchinchi jangni ham o‘tkazamiz”, — deydi yarim yengil vazn toifasida UFC chempioni Aleksandr Volkanovski.

UFC 300 2024 yilning aprel oyida bo‘lib o‘tadi. Turnirning aniq sanasi keyinroq e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Volkanovski va Islom Maxachev ilk bor UFC 284 da to‘qnash kelgan va unda ochkolar evaziga dog‘istonlik jangchining qo‘li baland kelgan.

21-oktyabr kuni UFC 294 turnirida yana bir bor ikkala sportchi bir-biriga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Maxachev ushbu musobaqada Charlz Oliveyraga qarshi revansh jangi o‘tkazishi lozim edi. Biroq, Oliveyra jarohat sabab, turnirda ishtirok etmaydigan bo‘ldi. Uning o‘rnini Aleksandr Volkanovski egalladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Volkanovski: “Maxachevga qarshi trilogiya? Nega endi yo‘q?”