Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasi (90+kg) WBO. WBA. IBF hamda IBO kamarlari sohibi Aleksandr Usik Fyuri - Ngannu jangiga tashrif buyuradi.
"Tayson uchun bu jang pirojni va sariyog‘ kabidir. Albatta, odamlar Ngannuga past baho beryapti. Nazariy jihatdan olsak, bu bo‘lishi mumkin. Ammo Tayson 20 yildan beri boks bilan shug‘ullanadigan ikki metrli gigant. O‘ylaymanki, u Ngannuni oson mag‘lub etadi. Deyarli qiyinchilikka uchramaydi.
Ha, men jangga boraman. Bu jangni o‘z ko‘zim bilan ko‘rmoqchiman. Reklama videolari va to‘qnashuvga targ‘ib qilish barchasi ajoyib rejalashtirilgan. Muxlislar uchun bu shou, professional sportchilar uchun esa butunlay boshqacha", - dedi Usik.
Eslatib o‘tamiz, Fyuri va Ngannu o‘rtasidagi jang 28 oktyabr kuni Saudiya Araistonida bo‘lib o‘tadi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring