Bugungi kunda Rossiya Premer-ligasining aksariyat muxlisu mutaxassislari, murabbiylari TsSKAdagi o‘zbek legioneri Abbosbek Fayzullaevning faoliyatini katta qiziqish bilan kuzatib boryapti.
Rossiya futbolini yoritib kelayotganfootball24.ru sayti hujumkor futbolchimizning faoliyatiga nazar tashlab, Fayzullaevning bir o‘zi salohiyat bobida “Spartak”ning yulduz hujumchilaridan kuchliroq ekanini sharhlab berdi.
Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga ushbu tahliliy maqolani havola etadi.
Ikkinchi qism:
Abbos yozda TsSKAdan Moskvaning “Dinamo” jamoasiga ketgan kolumbiyalik legioner Xorxe Karraskal va “Spartak”ga ko‘chib o‘tgan paragvaylik Xesus Medinani “armiyachilar”ning muxlislari xotirasidan butunlay o‘chirib yubordi.
Fayzullaev Argentinaning “River Pleyt” jamoasidan olib kelingan va TsSKAda bir yarim yil o‘ynagan Karraskalni mehnatsevarligi hamda himoyadagi ishonchli o‘yinlari bilan so‘ndirdi. O‘zbek legioneri yosh bo‘lishiga qaramay, himoyada shiddatli va mardonavor kurashyapti. “Rostov” bilan bellashuvda Abbos orqa chiziqda hamma ishlarni bajardi. Bir vaziyatda raqib futbolchisi Bayramyanni elkasi bilan turtib, uchirib yubordi va to‘pni o‘zida saqlab qoldi.
Fayzullaev 6 million evro evaziga “Spartak”ga ko‘chib o‘tgan Medinani o‘z universalligi bilan bosib yubordi. Medinaning birorta yorqin sifati ko‘zga tashlanmagan edi. Uzoq o‘ylasak ham uning boshqalardan ustun tomonini topa olmaymiz. Medina chap oyog‘iga tayangan holda bir qanotda o‘ynaydigan o‘rta daoajadagi o‘yinchi. Chap oyoq zarbasidan asosan standart vaziyatlarda foydalanadi. Qimmatbaho legioner TsSKAda boshqa narsaga yaramadi.
Fayzullaev kelganidan keyin “armiyachilar” Xesusning “Spartak”ga o‘tib ketganiga shukr qilsa ham arziydi. Chunki Medinaning o‘rniga o‘yin taqdirini hal qila oladigan katta iste’dod sohibi keldi.
Statistikaga ko‘ra, Fayzullaev faqat hujumda o‘ynaydigan va himoya haqida umuman o‘ylamaydigan Karraskaldan ko‘proq golli vaziyatlar yaratyapti. Abbos bir uchrashuvda o‘rtacha 0.62 ta vaziyat yaratmoqda. Bu ko‘rsatkich kolumbiyalik hujumchida 0.5ni ko‘rsatyapti.
“Armiyachilar”ning yangi o‘yinchisi darvozaga zarba berish uchun Medinaga qaraganda ko‘proq aniq pas uzatyapti. Statistikada bu ko‘rsatkich bir o‘yinda Abbosda 1,4, Xesusda 1,2 ta pasni tashkil qilyapti.
Eslatib o‘tamiz, Xorxe Karraskal o‘tgan yili TsSKA safida Premer-ligada 26 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini olti marotaba ishg‘ol qilgan edi.
Paragvaylik Xesus Medina esa, o‘tgan mavsum TsSKA uchun 25 ta o‘yinda o‘z hisobiga 8 ta gol yozdirib qo‘ydi.
Har ikki o‘yinchi yozda jamoani tark etganidan keyin, muxlisi mutaxassislarda Rossiya miqyosida qimmatbaho hisoblangan legionerlar o‘rnini kim bosishi haqida savollar kelib chiqdi. Hozircha, Abbosbek Fayzullaev uzoq mamlakatlardan kelib, ashaddiy raqiblar safiga o‘tib ketgan o‘yinchilar yo‘qligini umuman sezdirmayotgani TsSKA tarafdorlarini xursand qilmoqda.
Birinchi qism:
Fayzullaev kelajakni kutishni istamadi!
Davomi bor...
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring