date

Rio-de-Janeyroda Olimpiya qishlog‘i ochildi

Rio-de-Janeyroda Olimpiya qishlog‘i ochildi

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida sportchilar musobaqa chog‘ida yashashiga mo‘ljallangan Olimpiya qishlog‘i ochildi. Bu haqda, «TASS»’ga asoslanib, «Daryo» xabar bermoqda.

31 binodan iborat turar-joy majmuasi 10500 sportchi va 7000 terma jamoalar delegasiyalari a’zolariga mo‘ljallangan bo‘lib, undagi turar-joylarning umumiy soni 10160 tani tashkil etadi. Qishloq hududida, shuningdek, tennis kortlari, futbol maydonlari, ettita hovuz, klinika, trenajyor zali bor.

Olimpiya qishlog‘ining tamaddixonasi uchta futbol maydoniga teng hududni egallaydi. Sportchilar ko‘plab davlatlarning milliy taomlaridan tanovul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Olimpiya qishlog‘ining qurilish xarajatlari 1,5 milliard dollarga baholanmoqda. Loyiha investori Karvalyu Xosken mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat tufayli ulkan zarar ko‘rishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rio-de-Janeyroda Olimpiya qishlog‘i ochildi