Kecha Abu-Dabida UFC 294 turniri bo‘lib o‘tdi. Kechaning markaziy jangida Islam Maxachev Aleksandr Volkanovskiga qarshi oktagonga chiqdi. Jangning ilk raunddidayoq Islam raqibini nokautga uchratib, g‘alaba qozondi hamda chempiolik kamarini o‘zida saqlab qoldi.
Bu Maxachev uchun uchinchi chempionlik jangi va u hammasida g‘alaba qozondi. Dastlab, Islam Oliveyrani, keyin ikki marta Volkanovskini mag‘lub etib bunday natijaga erishdi.
Sobiq chempion Habib Nurmagomedov umumiy 4 marta chempionlik uchun oktagonga chiqqan va barchasida g‘alaba qozongan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar