Samvel Babayan: "Muxlislardan ertaga stadionga kelib, bizni qo‘llashlarini so‘rab qolaman"
OCHLning 3-turidan o‘rin olgan "Navbahor" – "Nassaji Mazandaran" o‘yinidan oldingi matbuot anjumanida "Navbahor" bosh murabbiyi Samvel Babayan va yarim himoyachi Azimjon Ahmedov ishtirok etdi.
- Yarim finalda qiyin o‘yin o‘tkazdik. Juda ko‘p kuch, hissiyotlarni sarfladik. Afsuski, nimaga haqli bo‘lsak, shunga erisha olmadik. O‘shanda yigitlar yaxshi o‘yin o‘tkazishdi, ammo bu futbol. Unda kuchlilar doim ham yutavermaydi. O‘yinni tahlil qilib chiqdik. Yigitlarga e’tirozlar yo‘q. Ular finalga chiqish uchun qo‘llaridan kelganini qilishdi. Afsuski, darvoza to‘sin-ustunlari, boshqa jihatlar finalga chiqishga yo‘l qo‘ymadi. Gap bunda ham emas, asosiysi - maydonda ko‘ngilsiz voqeliklar bo‘lmadi. Jadval qiyin, yigitlarning katta qismi terma ixtiyoridan kelishdi.
- Shunga qaramay barcha futbolchilar bor kuchni ishlatishdi. Ammo xatolardan qochib bo‘lmaydi. Biz yo‘l qo‘ygan xatolar natijaga jiddiy ta’sir qildi. Umuman olganda, mavsum yakunlanishiga 9 o‘yinimiz qoldi. Barcha tushunib turibdiki, bu 9 o‘yin finalga teng. Navbatdagi o‘yinimiz juda muhim. Hozir biz shu o‘yin uchun tayyorlanyapmiz. O‘tgan voqeliklarni yoddan chiqaramiz. Ushbu mavsumda yaxshi va yomon xotiralarni boshdan o‘tkazdik. Lekin biz muxlislarni xursand qilish uchun harakat qilishda davom etishimiz kerak.
- Jamoada yo‘qotishlar bormi?
- Afsuski, ikki nafar asosiy futbolchilarimiz - Tabatadze va Jokich jarohati sababli uchrashuvda ishtirok eta olishmaydi. Biroq tarkibimiz yaxshi, ularning o‘rnini bilintirmasligimiz mumkin. Bu ertangi o‘yin sifatiga ta’sir qilmaydi.
- Raqiblarni qanchalik o‘rganib chiqdingiz? Ularning kuchli va nozik tomonlarini sanab bera olasizmi?
Azimjon Ahmedov: - Raqiblarni ko‘rib, o‘rganib chiqyapmiz. Ko‘p "prosmotr" qildik. Ularning tarkibida yaxshi futbolchilari ko‘p. Ertaga ularga yaxshi qarshilik ko‘rsatamiz degan umiddaman.
- "Nassaji Masandaran" ikki o‘yinini himoyaviy taktikada o‘tkazdi. Ertaga "Navbahor" raqibning ikkinchi raqamli bo‘lib o‘ynashiga tayyormi?
- Taktika tanlash raqibni o‘rganib chiqish bilan tanlanadi. Shu sababli istalgan o‘yinda istalgancha o‘ynash mumkin. Ertaga ularning ikkinchi raqamli bo‘lishlari fakt emas. Raqiblar yuqori pressing qilishadi, pozitsion hujumlarda faol ishlashadi. Ertaga raqibning taktikasiga tushib qolmaslik uchun himoyada ham, hujumda ham ularning har bir harakatiga qarshi yo‘nalish bera olishimiz kerak.
- Ertaga guruhda "Nassaji" "Navbahor" mehmoni bo‘lsa, "Mumbai Siti" safarda "Al Hilol"ga qarshi saf tortadi. Bu o‘yinlar haqida ta’rif bersangiz.
- Menimcha, bu o‘yinlarning bizga bog‘liqligi bo‘lmaydi. Har bir uchrashuvda g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Raqiblarga qarab o‘ynamaymiz. So‘nggi turda "Al Hilol" bizning maydonga kelganida, muxlislar stadionni to‘ldirib berishsa, ularni mag‘lub qilib, guruhdan chiqmoqchimiz.
Muxlislarni ertangi o‘yinga taklif qilaman. Ushbu turnirda qanday holatda bo‘lishimizdan qat’iy nazar, yigitlar qo‘llaridan kelganicha harakat qilishadi. Ular doimo muxlislarning xursand bo‘lishini istashadi. Istalgan holatda, ishlar o‘xshamayotganda ham maydonda g‘alaba qozonish haqida o‘ylashadi. Muxlislardan xursandmiz. Shu kungacha "Navbahor"da nimalarga erishilgan bo‘lsa, barchasi Namangan ahlining xursand bo‘lishi uchun qilinmoqda. Yosh yigitlarning sport bilan shug‘ullanishlari, futbol o‘yinlariga ko‘proq odam kelishlari uchun qilinyapti. Ertaga barcha muxlislardan stadionga kelishlarini so‘rab qolaman. Biz ular uchun maydonga tushamiz.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring