"Axal" bosh murabbiyi Serdar Geldiyev: "Paxtakor"da g‘alabaga intilish kuchli bo‘lish tabiiy, chunki hali yutmagan"
OCHL guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" – "Axal" uchrashuvidan oldin matbuot anjumanining ikkinchi qismida mehmonlar ustozi Serdar Geldiyev va futbolchi Elman Tagayev ishtirok etishdi.
"Birinchi o‘rinda "Paxtakor"ga iliq kutib olgani uchun rahmat aytmoqchiman. Uchrashuvga kerakli darajada tayyorgarlik ko‘rdik. "Paxtakor"da ham g‘alabaga intilish kuchli bo‘lish tabiiy, chunki hali yutmagan. Bizni esa o‘z rejalarimiz bor. Buni ertaga amalga oshirishga harakat qilamiz", – deydi Serdar Geldiyev.
"O‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. "Paxtakor"ni tahlil qildik. Murabbiyimiz aytganidek, o‘yinga qo‘yilgan vazifani maksimal darajada bajarishga urinib ko‘ramiz", – deydi Elman Tagayev.
- "Axal" guruhdagi qolgan jamoalarga nisbatan kuchsiz bo‘lsa-da, ilk turda sensatsiya qayd etib, "Al Fayha"dan ustun keldi. Bu shunchaki tasodifmi yoki raqiblarning yetarlicha baho bermaganidanmi?
- Sensatsiya deyish noo‘rin deb o‘ylayman, chunki biz o‘tgan yili ham OCHLda kuchli raqib ustidan g‘alaba qozongan edik. Albatta, ilk turda o‘z maydonimizdagi birinchi o‘yinda g‘alaba qozonish yoqimli bo‘ldi. Aytishim mumkinki, bizning o‘z o‘yinimiz va rejalarimiz mavjud.
- Futbolchi Elman Tagayevga savol. Siz O‘zbekistonda "Andijon" va "Navbahor" jamoalarida to‘p tepgansiz. "Paxtakor" tarkibidagi futbolchilarni yaqindan bilasiz. Shaxsan siz uchun o‘zbek jamoalariga qarshi o‘ynash qanday taassurotlar beradi?
- Albatta. "Paxtakor" safidagi Aziz Turg‘unboyevni yaxshi bilaman. U bilan "Navbahor"da qisqa vaqt birga to‘p tepganman. Bundan tashqari, "Paxtakor"da terma jamoa futbolchilari ham ko‘pchilikni tashkil qiladi.
"Barcha jamoalarda guruhdan chiqish uchun imkoniyat saqlanib qolgan. Biz har bir raqibga qarshi o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz", – dedi Geldiyev.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring