20:28 / 24.10.2023
238

Kamoliddin Murzoyev: "Nasaf" javob uchrashuvida "Sharja"dan revansh olishi mumkin"

Kamoliddin Murzoyev: "Nasaf" javob uchrashuvida "Sharja"dan revansh olishi mumkin"

Kecha O‘zbekiston jamoalari OCHL guruh bosqichi 3-turidagi ishtirokini boshladi. OKMK o‘z maydonida "Sepaxon"ga mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, "Navbahor" Namanganda irodali g‘alabaga erishdi. "Nasaf" so‘nggi daqiqalarda 1 ochko bilan qaytish imkonidan mahrum bo‘ldi.

Bugun "Paxtakor" Turkmanistonning "Ahal" jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. Mazkur uchrashuvlar haqida tajribali mutaxassis Kamoliddin Murzoayevning fikrlari bilan qiziqdik.

- Ochig‘ini aytganda, "Navbahor" futbolchilari va muxlislari uchun xursandman. Oxirigacha kurashib, yakunda g‘alaba qozonishdi. OKMK futbolchilari bundanda yuqori natijalarga loyiq. O‘ylaymanki, qolgan uchta o‘yinda OKMK jamoasi uyaltirib qo‘ymaydi. "Nasaf" potensiali bor jamoa. Uydagi javob uchrashuvida "Sharja" ustidan g‘alaba qozona oladi. Kecha so‘nggi daqiqalarda faqat omad yuz o‘girdi. Umuman olganda, raqiblar ham shunchaki 3 ochko olib ketish uchun kelmayapti, kurashyapti.

Mavsum yakunlanayotgan pallada OCHL guruh o‘yinlarining qizg‘in pallaga kirishi jamoalarimizga bosh og‘riq bo‘ladi. Oldin bunday holat bo‘lmagan. Hozirgi kunda "Nasaf", "Navbahor", "Paxtakor" va OKMK bu pallada aniq yo‘nalishni tanlab olish muhim. Murabbiylar qiyin vaqtda yechim topa olishi kerak. Bir o‘yindan ikkinchi o‘yingacha maksimal tayyorlash asosiy omillardan biri hisoblanadi.

Shunday holatlar bo‘lyaptiki, OCHLdan keyin darhol chempionat uchrashuvlariga o‘tish qiyinchiliklar tug‘diradi. Bu narsani nafaqat o‘zimizda, balki Yevropada ham ko‘rishimiz mumkin. Futbolchilarni ruhan tayyorlash ham katta mahorat talab qiladi. Shu masalalarda jamoalarning rahbarlari e’tiborliroq bo‘lishi zarur. Safar o‘yinlariga borishni tashkillashtirish va hokazo. Yuqori natijani ko‘zlagan jamoalar futboldagi mayda detallarigacha ahamiyat berishi kerak deb o‘ylayman.

- "Paxtakor"ning g‘alabasini hammamiz kutmoqdamiz. Bir narsani aytish kerakki, oddiy va oson g‘alaba bo‘lmasligi mumkin, chunki o‘zbek va turkman jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlar doim keskin kechgan. Ular bizga yetarlicha qarshilik ko‘rsata olgan. Shunday bo‘lsa-da, amaldagi chempionimiz muxlislarga ko‘tarinkilik taqdim qilgan holda g‘alabani o‘ziniki qiladi.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kamoliddin Murzoyev: "Nasaf" javob uchrashuvida "Sharja"dan revansh olishi mumkin"