Abbosbek Fayzullayev eng ko‘p “kaltak” yegan futbolchi bo‘ldi

Abbosbek Fayzullayev eng ko‘p “kaltak” yegan futbolchi bo‘ldi

Rossiya Premer-ligasi 12-tur yakunlariga ko‘ra, turli statistik ma’lumotlarni e’lon qildi. Qozon shahrida o‘tkazilgan  va hisob ochilmagan “Rubin” va SSKA o‘yinida Abbosbek Fayzullayev juda faol o‘ynadi.

Natijada hamyurtimiz uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.

Rossiya Premer-ligasi e’lon qilgan ma’lumotga ko‘ra, 12-turda Abbosbek Fayzullayev raqiblar unga nisbatan eng ko‘p qoida buzgan o‘yinchi bo‘ldi. “Rubin” vakillari legionerimizga nisbatan to‘rtta vaziyatda qo‘pol harakat qilgan.

12-turning e’tiborga molik voqealari aks etgan statistikani quyidagi suratdan ko‘rib olishingiz mumkin.

Abbosbek Fayzullayev eng ko‘p “kaltak” yegan futbolchi bo‘ldi

Abbosbek Fayzullayev SSKA tarkibidagi navbatdagi uchrashuvini 29 oktyabr kuni Moskvada chempionat peshqadami “Krasnodar”ga qarshi o‘tkazadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar