date
views 380

Qaysi futbolchi o‘z darvozasiga eng ko‘p gol urib qo‘yganini bilasizmi?

Qaysi futbolchi o‘z darvozasiga eng ko‘p gol urib qo‘yganini bilasizmi?

Irlandiyalik Richard Dann professional futbolchilik faoliyatini Angliyada o‘tkazgan. Mashhur himoyachi 1996 yildan 2015 yilga qadar “Everton”, “Manchester Siti”, “Aston Villa” va “Kuinz Park Reynjers” jamoalari sharafini himoya qilgan.

O‘z davrida “Manchester Siti”ga sardorlik qilgan bu o‘yinchi faoliyati davomida o‘z darvozasiga o‘n marta to‘p kiritib qo‘ygan.

Avtogollar bo‘yicha undan keyingi o‘rinda o‘z jamoasini yetti martadan uyaltirib qo‘ygan Jeymi Karrager, Fil Yagelka va Martin Shkrtel turadi.

Bundan tashqari, Richard Dann Angliya Premer-ligasida eng ko‘p – sakkizta qizil kartochka olgan uch futbolchidan biri. Bu rekordni Dann mashhur hamkasblari – Patrik Viyeyra va Dankan Fergyuson bilan bo‘lishib turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qaysi futbolchi o‘z darvozasiga eng ko‘p gol urib qo‘yganini bilasizmi?