date
views 138

Superliga. "Nasaf" "Metallurg"ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

Superliga. "Nasaf" "Metallurg"ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Superligasi 23-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Metallurg" bahsi yakunlandi. Unda mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchdi.

"Ajdarlar" safida gollarga Oybek Bozorov va Suhrob Nurilloyev mualliflik qildi. Bozorov Nurilloyevning goliga assistentlik ham qildi. Shuningdek, 90+3-daqiqada Andres Chaves penaltidan unumli foydalana olmadi.

Shu tariqa, qarshiliklar 42 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi. 27 ochkosi bor "Metallurg" 9-pog‘onadan joy egallagan.

NASAF – MЕTALLURG 2:0

Gol: 1:0 — 35, Oybek Bozorov, 2:0 — 70, Suhrob Nurulloyev.

"Nasaf" — 35. Abduvohid Ne’matov, 5. G‘olib G‘aybullayev, 7. Akmal Mozgovoy (19. Mateus Lima Kruz, 86), 8. Zafarmurod Abdirahmatov (21. Doniyor Narzullayev, 86), 9. Javohir Sidiqov (88. Marko Stanoyevich, 71), 17. Suhrob Nurulloyev, 34. Sherzod Nasrullayev, 70. Jambuli Jigauri (18. Bahrom Abdurahmonov, 71), 77. Oybek Bozorov, 92. Umarbek Eshmurodov (s), 99. Azizbek Omonov (10. Andres Chaves, 71).

Zaxira: 54. Adham Musulmonov, 25. Bekjon Rahmatov, 32. Zafar Hakimov, 36. Aziz Ahrorov.

"Metallurg" — 87. Akmal Ortiqov, 3. Danial Mahini (20. Daler Sharipov, 63), 4. Kerim Palich, 6. Xudoyshukur Sattorov, 9. Zabihillo O‘rinboyev (11. Damir Temirov, 9 (21. Muhammadaziz Ibrohimov, 69), 14. Abrorbek Toshqo‘ziyev, 15. Sardor Abduraimov, 17. Reza Yazdan Do‘st, 22. Shaxzodbek G‘ofurbekov, 23. Bexruz Shodmonov, 77. Shahzodbek Ubaydullayev.

Zaxira: 12. Aleksandr Lobanov, 19. Ergash Ismoilov, 24. Ro‘ziboy Fayzullayev, 32. Zafar Rahmonjonov, 70. Alisher Xayrullayev, 97. Muhammadali Aliqulov.

Ogohlantirish: Damir Temirov (18), Suhrob Nurulloyev (45), Muhammadaziz Ibrohimov (88).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Nasaf" "Metallurg"ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi