20:12 / 02.03.2015
5 414

«Chelsi» Angliya liga kubogini qo‘lga kiritdi!

«Chelsi» Angliya liga kubogini qo‘lga kiritdi!

"Chelsi" Angliyada mavsumdagi dastlabki sovrinni qo‘lga kiritgan jamoaga aylandi. Joze Mourino shogirdlari "Tottenxem"ga qarshi bo‘lib o‘tgan Angliya liga kubogi finalida g‘alaba qozonishdi.

"Aristokratlar" ushbu o‘yinga bir hafta davomida tayyorgarlik ko‘rishdi. Ular o‘yin davomida katta ustunlikka ega bo‘lishmadi, ammo o‘z uslublariga sodiq qolgan holda raqibga himoyada hech qanday imkoniyat qoldirishmadi va o‘zlari yaratgan vaziyatlarning ikkitasidan unumli foydalanishdi.

Bunda "Chelsi" ikkita rekoshet yordam berdi. Birinchi bo‘lim tugashi arafasida burchakdan etkazilgan to‘pni Terri darvoza to‘riga yo‘lladi (rekoshet yordamida). Mourino jamoasiga qarshi o‘yinda birinchi bo‘lib gol o‘tkazish deyarli mag‘lubiyatga teng. "Tottenxem" futbolchisi Erikssenning jarimadan yo‘llagan zarbasi darvoza to‘siniga emas, to‘riga borib tushganida, "shporlar"da qandaydir imkoniyat bo‘lishi mumkin edi. Harri Keynning yolg‘iz o‘zi butun boshli "Chelsi" oldida hech narsa qila olmadi.

O‘yinning 56-daqiqasida Fabregasdan uzatmani qabul qilgan Diego Kosta o‘tkir burchak ostida zarba yo‘lladi. To‘p Uokerning oyog‘iga tegib, darvoza to‘riga borib tushdi. Ugo Loris boshqa tomondan zarba kutgani uchun, to‘pni o‘tkazib yubordi.

O‘yinning qolgan daqiqalarida Mourino shogirdlari himoyada mustahkam o‘ynashdi. Shu tariqa, "Chelsi" o‘z tarixida beshinchi marta Angliya liga kubogini boshi uzra baland ko‘tardi.

Angliya liga kubogi, final
Chelsi – Tottenxem 2:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – 45 Terri, 2:0 – 56, avtogol Uoker.
Chelsi – Chex, Zuma, Terri, Keyxill, Aspilikueta, Villian (Kuadrado, 76), Ramires, Ivanovich, Fabregas (Oskar, 88), Azar, Diego Kosta (Drogba, 90).
Tottenxem – Loris, Dayer, Rouz, Uoker, Vertongen, Bentaleb, Meyson (Lamela, 71), Eriksen, Shodli (Soldado, 80), Taunsend (Dembele, 62), Keyn.
Ogohlantirishlar: Dayer (31), Villian (70), Keyxill (72), Bentaleb (78), Kuadrado (85).

Manba: www.stadion.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Chelsi» Angliya liga kubogini qo‘lga kiritdi!