Foto: Reuters

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Isroil o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmasligini aytdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Netanyaxu isroillik askar HAMAS asirligidan ozod etilgani haqidagi xabardan ko‘p o‘tmay jurnalistlar bilan suhbatlashdi. U o‘z nutqida G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni rad etdi. Quyida uning iqtiboslaridan bir nechtasi keltirilgan.

  • AQSH Pearl-Harbor bombardimonidan so‘ng yoki 11-sentyabrdagi teraktdan keyin o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmaganidek, Isroil 7-oktyabrdagi dahshatli hujumlardan so‘ng HAMAS bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga rozi bo‘lmaydi;
  • O‘t ochishni to‘xtatishga chaqiriqlar Isroilni HAMASga taslim bo‘lishga, “terrorizmga” taslim bo‘lishga chaqirishdir;
  • Umumiy kelajagimiz uchun urush kechmoqda. Biz sivilizatsiya kuchlari va vahshiylik kuchlari o‘rtasida chegara chizamiz.

Shuningdek, Isroil bosh vaziri “Bibliyada tinchlik davri ham, urush vaqti ham borligi” yozilganini aytib, hozir ikkinchisining davri ekanini aytdi.