Rossiya kubogi musobaqasining A guruhida so‘nggi uchrashuvda SSKA futbolchilari o‘z maydonida peshqadam – “Orenburg”ni qabul qilganidan xabaringiz bor.
Ushbu bahsda moskvalik “armiyachilar” 3:1 hisobida g‘alaba qozondi va guruh basg‘larini birinchi o‘rinda yakunlab, kubok uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi. Guruhda birinchi o‘rin olgani uchun "armiyachilar" keyingi bosqichda "Zenit" va "Spartak" singari kuchli jamoalarga ro‘baro‘ bo‘lmaydi.
SSKA yetakchisiga aylanib qolgan Abbosbek Fayzulayev bu gal ham juda faol o‘ynadi. Legionerimiz hujum uyushtirish, jamoadoshlariga aniq pas uzatish, raqib darvozasiga xavf solishda mahorat ko‘rsatdi.
Abbos jamoasining ikki golida qatnashdi. Dastlab, raqib jarima maydonchasiga yorib kirgan hamyurtimizni “Orenburg” himoyachisi qoidani buzib, to‘xtatib qoldi. Penaltini aniq bazargan Fyodor Chalov hisobni ochdi. SSKAning uchinchi goli ham bevosita Abbosbek Fayzullayevning chaqqonligi evaziga kiritildi.
O‘Zbek futbolchisi kutilmaganda to‘pni bosniyalik himoyachi Renato Goykovichdan olib qo‘ydi va yana Fyodor Chalovni golli pas bilan ta’minladi.
Renato Goykovich o‘yindan keyin ham Fayzullayevning qilgan ushini unuta olmayotganini tan oldi. Yo‘l qo‘ygan xatosi jamoasiga darvozasining ishg‘ol qilinishi bilan yakunlangani unga qattiq ta’sir qilganini aytdi.
— Maydonda tezroq qaror qilishni o‘rganishim kerak ekan. Yo to‘pni orqaga darvozabonga qaytarish, yoki oldinga yetkazib berishni tezroq hal qilishim lozim edi.
Men esa, ko‘proq kutib qoldim. Oqibatda Abbos to‘pni “o‘g‘rilab” ketdi. Juda qattiq xafa bo‘ldim.
Biz keyingi paytda yaxshi o‘ynayapmiz, avval ham shunday edi, butun jamoadagilar o‘zini yaxshi his qilyapti, shuning uchun ham, xato qilib qo‘yganimdan qattiq afsuslandim.
Bosh murabbiy shaxsan o‘zimni koyigani yo‘q, lekin o‘yindagi xatolarimizga e’tirof bildirdi. SSKAning gollari bizning xatolarimiz mahsulidir.
Abbosbek Fayzullayevni alohida ko‘rsatgan bo‘lardim. U jeda zo‘r o‘ynadi. Fayzullayev menga yoqadi, - dedi Renato Goykovich.
28 yoshli Renato Goykovich uch yildan beri “Orenburg” jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Bir necha pozitsiyasida o‘ynay oladigan universal himoyachi bungacha o‘z yurtidan tashqari Albaniya va Xorvatiya jamoalari sharafini himoya qilgan.
Bosniya va Gersegovina terma jamoasi murabbiylar shtabi tajribali o‘yinchini shu yilning oktyabr oyidan boshlab, xalqaro maydondagi o‘yinlarga jalb qila boshladi.
Abbosbek Fayzullayev esa, Rossiya Premer-ligasidagi faoliyatini avgust oyidan boshlagan.
Hozirgacha 20 yoshli legionerimiz barcha turnirlarda 12 marotaba maydonga tushib, bitta gol va to‘rtta assist muallifi bo‘ldi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring